GES

18 августа 2020

Комментариев нет

Главная Аудиоресурсы

Аудиокниги на узбекском языке

Аудиокниги на узбекском языке

Ahmadning aqli (turkman xalq ertagi)

Halol mehnat bilan kun ko‘radigan Ahmad savdo karvoni bilan uzoq safarga otlanadi. U hech kimning haqqiga xiyonat qilmay, ko‘p boylik topadi. «Ahmadning aqli» turkman xalq ertagini tinglasangiz, Ahmadning topqirligiga siz ham tan berasiz.

Aqlli dehqon (qirg‘iz xalq ertagi)

Inson hamisha o‘z aqliga tayanishi kerak. Shunda u turli vaziyatlardan chiqa oladi. «Aqlli dehqon» nomli ertakda ham shunday. Dehqon aql-zakovati sabab taxt boshqarish darajasiga yetadi. Voqealar rivojini esa ertakni tinglab bilib olasiz.

Ayozbobo (rus xalq ertagi)

Mehnatsevarlik hamisha munosib taqdirlangan. Dangasalik esa har doim qoralangan. «Ayozbobo» deb nomlangan rus xalq ertagi qahramonlari Chevar va Dangasa misolida bunga amin bo‘lishingiz mumkin.

Ayyor quyon bilan ayiqpolvon (birma xalq ertagi)

Bu voqea uzoq o‘rmonlarning birida yuz beradi. Ayyor quyon ayiqni osongina aldashning uddasidan chiqadi. Natijada ayiq asalarilarning hujumiga uchraydi. Bu qanday ro‘y berganini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Ayyor quyon bilan ayiqpolvon» ertagini tinglang.

Ayyor tulki (qirg‘iz xalq ertagi)

Yo‘lbarsning changalidan qutulish oson bo‘lmasada, ayyor tulki buning uddasidan chiqa oldi. Qanday qilib, deysizmi? Bu savolga javobni «Ayyor tulki» audioertagini tinglagach topasiz.

Biz bo‘lmagan joy yaxshi (hind xalq ertagi)

«Biz bo‘lmagan joy yaxshi» deb nomlangan hind xalq ertagi imkoniyatdan unumli foydalanish va oson erishiladigan narsaga mazaxo‘rak bo‘lmaslik haqida. Ertak qahramoni bo‘lgan jajjigina sichqoncha yengil xo‘rak umidida o‘zining qulay sharoitlaridan voz kechib yo‘lga chiqadi.

Dangasa chumchuq (tojik xalq ertagi)

Chumchuqvoy bugungi kun bilan yashaydi, shuning uchun kelajak haqida o‘ylamaydi. Natijada qishning izg‘iriniga dosh berolmay, do‘sti qarg‘adan ko‘mak so‘raydi. Keyin nima bo‘lganini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Dangasa chumchuq» ertagiga diqqat qiling.

Dengiz suvi nima uchun sho‘r (xitoy xalq ertagi)

Bu ertak ikki aka-uka haqida bo‘lib, ulardan birining qalbi keng va ko‘ngli ochiq, ikkinchisi esa ochko‘z va jahldor ekan. U holda bu ertakda sho‘r suv nima qiladi dersiz? Bu savolga ertakni tinglagach javob topasiz.

Dono chol (bolgar xalq ertagi)

Keksalarning donoligi hamisha avloddan avlodga o‘tib kelgan. Lekin bir podshoh qariyalarning ana shu xislatini inobatga olmay, katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Buning yakuni qanday bo‘lganini «Dono chol» deb nomlangan bolgar xalq ertagini eshitib, bilib olasiz.

Go‘zal Vasilisa (10+) (rus xalq ertagi) 1-qism

Ertak qahramonining chekiga qancha qiyinchiliklar tushsada, u barini matonat bilan yengib o‘tadi. marhamat mehribon hamda latofatli qizning mehnatkashligi va mardligi haqidagi ajoyib ertakni tinglab xordiq chiqaring.

Jodugarning qizi (12+) (rus xalq ertagi)

Jodugarning qizi mehribon, xushfe’l va chiroyli ekan. Bunday qizni albatta hamma yaxshi ko‘radi. Shoh ham uni shu fazilati uchun sevib qolibdi. Ammo sehr-joduning kuchi bilan sevgisini unutibdi.

Jumboqli javoblar (nemis xalq ertagi)

Aslida savollar jumboqli bo‘ladi. Lekin ertagimiz qahramoni bo‘lmish kichkinagina bola javoblarni jumboq bilan berar ekan. Qiziqib qoldingizmi? U holda «Jumboqli javoblar» deb nomlangan nemis xalq ertagini tinglang.

Kampir bilan olmaxon (hind xalq ertagi)

Aql va farosat bo‘lmasa, kishi o‘zi haq bo‘lsa ham pand yeydi. «Kampir bilan olmaxon» hind xalq ertagining qahramoni bo‘lgan kampir ham yolg‘onning qurboni bo‘ldi. Yaxshisi, ertakni tinglab, nima bo‘lganini bilib oling!

Katitsa Terdseli (venger xalq ertagi)

Har bir xalqning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Katitsa Terdseli venger xalq og‘zaki ijodi qahramoni. Bu zukko va dono qiz zolim va qizg‘anchiq qirolning adabini berib, uni insofga keltirgani bilan mashhur. «Katitsa Terdseli» ertagini tinglab, bilib oling.

Malika Shirin va zukko baliqchi (yahudiy xalq ertagi)

Gapga chechan baliqchi to‘rga ilingan oddiy baliqni xonga tortiq qilib, katta mukofotga ega bo‘ladi. Ammo hozirjavobligi sabab mukofot puli uch hissa ortadi. Bu qanday bo‘lganiga qiziqsangiz, «Malika Shirin va zukko baliqchi» ertagini tinglashni unutmang.

Minnatdor tulki (turk xalq ertagi)

Odatda tulki juda ayyor bo‘ladi. Ammo tulkining ayyorligi bir yigitning baxti uchun xizmat qilishi ham mumkin ekan. «Minnatdor tulki» nomli ertakda aynan shunday bo‘lgan. U tufayli ertak qahramoni — tegirmonchi yigit podshohga kuyov bo‘ladi.

Mirali, Mirvali va Mirkarim (tojik xalq ertagi)

Uchchala do‘st safarga chiqib, katta bir shaharda birovning uyida mehmon bo‘lishadi. Ammo so‘zlashish odobiga rioya qilmaganlari uchun uyatga qolishadi. Bu haqda batafsil «Mirali, Mirvali va Mirkarim» tojik xalq ertagini tinglab bilib olasiz.

Mittivoylar qalpoqchasi (nemis xalq ertagi)

Ayrim odamlar qahrli, ochko‘z va bemehr bo‘lganliklaridan o‘z yaqinlarining dilini og‘ritib qo‘yishadi. Lekin mana shu yaqinlarning mehri ularning ko‘zini ochishi mumkin. «Mittivoylar qalpoqchasi» deb nomlangan nemis xalq ertagida bir oilaning voqeasini tinglaysiz.

Mohir qo‘llar (turk xalq ertagi)

Hammamiz ham ba’zan: «qani endi ertaklardagi kabi sehrli tayoqcham bo‘lsayu, nima istasam muhayyo bo‘lsa!» deb orzu qilamiz. Biroq hayotda bizga sehrli tayoqchadan ham ko‘proq boshqa narsa asqotadi. «Mohir qo‘llar» ertagida aynan eng muhim narsalar bayon qilingan.

Nodon hayvonchalar (nemis xalq ertagi)

Ba’zida ortiqcha vahima qo‘rquvga sabab bo‘ladi. Natijada arzimas narsadan ham qo‘rqib, qochgani joy topolmay qolish mumkin. «Nodon hayvonchalar» ertagida ham xuddi shunday voqea ro‘y beradji. Bu qanday bo‘lganini esa ertakni tinglab bilib olasiz.

Odil qozi (afg‘on xalq ertagi)

Ayrim insonlar bergan va’dasining ustidan chiqmay, bundan o‘zlari ham jabr ko‘rishadi. Qanday qilib deysizmi? «Odil qozi» ertagini tinglasangiz buni o‘zingiz bilib olasiz.

Oila baxti (arman xalq ertagi)

Insonning baxti nimada? Agar kimnidir samimiy bag‘ringizga bosishingiz, qo‘lini qisib qo‘yishingiz, hech bo‘lmasa yelkasiga qoqib qo‘yishingiz mumkin bo‘lsa — biling, siz kimgadir dalda bo‘lishdek ezgu baxt egasisiz. Oila baxtichi, oilaning baxti nima bilan o‘lchanadi?

Osmon barobar o‘sgan loviya (venger xalq ertagi)

Ayrim xalqlarning ertaklari bir-biriga o‘xshab ketsada, ammo har bir ertakda shu ertak mansub bo‘lgan xalqning o‘zigagina xos bo‘lgan qarashlari, hayot tarzi mujassam bo‘ladi. Masalan, «Osmon barobar o‘sgan loviya» venger xalq ertagi sizga juda tanish tuyuladi.

Penu va no‘xatzor (hind xalq ertagi)

Ba’zan kichkinalarni nazarga olmaydiganlar ham bo‘ladi. Ularning kuchi kichikligida ekanligini esa xayolga ham keltirmaydilar. Shunday ham bo‘ladiki, kichkinalar qilgan ishni kattalar qila olmaydi. «Penu va no‘xatzor» deb nomlangan hind xalq ertagi shu haqida.

Qamish qalpoqcha (ingliz xalq ertagi)

Kunlarning birida yosh qiz otasiga bo‘lgan mehrini hech kim kutmagan tarzda ifoda qiladi. Ammo uning gaplarini hech kim tushunmaydi va u ko‘chada qoladi. Keyin esa «Qamish qalpoqcha» nomini olib, baxtini topadi. Marhamat ertagimizni tinglab davomini bilib oling.

Qirq qurbaqa (tojik xalq ertagi)

Oddiygina qurbaqa sardorga aylangach, do‘stlariga ozor bera boshlaydi. Bu ish uzoqqa cho‘zilmaydi, chunki u munosib tarzda jazosini oladi. Bu qanday yuz berganini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Qirq qurbaqa» tojik xalq ertagiga diqqat qiling.

Quyosh bilan Oy

Qadrli bolajonlar! Quyosh va Oy haqidagi ertakni bilasizmi? Unga ko‘ra bir zamonlar Quyosh bilan Oy bir-biri bilan ko‘rishib, gaplashib turishgan. Hatto do‘st ham bo‘lishgan. Lekin oralaridan gap qochib, xafalashib qolishgan ekan.

Quyosh tog‘i (xitoy xalq ertagi)

To‘ng‘ich o‘g‘il ayyorlik va qabihlik yordamida otadan qolgan barcha boyliklarni egallab oladi. Kenja o‘g‘il qanday qilib boyib ketgani, to‘ng‘ich o‘g‘il esa o‘z qabihligi uchun qanday jazo olganini bugungi ertakni eshitib bilib olishingiz mumkin.

Samoviy sayohat (zamonaviy ertak)

Ertak qahramoni — Kamilius 7 yoshli o‘zga sayyoralik bolakay. Uning yangi yil oldidan sayohati shu qadar qiziqarliki, hikoya tugab qolmasaydi deyishingizga ishonamiz!

Sassiqpopishak (fors xalq ertagi)

Maqtanchoqlik yomon illat. Bu barchaga ma’lum haqiqat. Ammo ba’zan bu haqda unutib qo‘yamiz. Sassiqpopishak ham shunday vaziyatga tushib qoladi. «Sassiqpopishak» fors xalq ertagini tinglab, nima bo‘lganini bilib oling.

Shahzoda Ivan, Qaqnus va bo‘ri to‘g‘risida ertak (rus xalq ertagi) 2-qism

Shahzoda Ivan va unga ko‘p sinovlardan o‘tishga, barcha maqsadlariga erishishga, eng asosiysi — baxtini topishga yordam bergan sodiq do‘stining sarguzashtlari haqida ertak tinglamoqchi bo‘lsangiz, «Shahzoda Ivan, qaqnus va Bo‘ri to‘g‘risida ertak»ka diqqat qiling.

Sher bilan tulkining ovi (qoraqalpoq xalq ertagi)

Sherning marhamatidan foydalangan tulki yanglish fikrga keladi. Natijada o‘ziga ortiqcha baho berib, pand yeydi. Bu haqda batafsil «Sher bilan tulkining ovi» ertagida.

Shahzoda Ivan, Qaqnus va bo‘ri to‘g‘risida ertak (rus xalq ertagi) 1-qism

Shahzoda Ivan va unga ko‘p sinovlardan o‘tishga, barcha maqsadlariga erishishga, eng asosiysi — baxtini topishga yordam bergan sodiq do‘stining sarguzashtlari haqida ertak tinglamoqchi bo‘lsangiz, «Shahzoda Ivan, qaqnus va Bo‘ri to‘g‘risida ertak»ka diqqat qiling.

Sinchalak (tojik xalq ertagi)

Qarganing maslahati bilan sinchalak ayyor tulkining dag‘dag‘asidan qo‘rqmay, polaponlarini saqlab qoladi. Tulki esa qarg‘adan o‘ch olishga tushadi. Xo‘sh, tulki qarg‘ani jazolay oladimi? Buni «Sinchalak» ertagini tinglagach, bilib olasiz.

Suv alvastisi (arman xalq ertagi)

Arman xalq ertaklari ham barcha xalqlarning ertaklari singari sehrlarga, sir-sinoatlarga boy. Sarguzashtlari esa ba’zan boshqa ertaklarga juda o‘xshab ketadi, ba’zida esa boshqa hech qayerda uchramaydi.

Tulki bilan yovvoyi xo‘roz (vetnam xalq ertagi)

Xo‘rozning ziyrakligi va hozirjavobligi tulkini chalg‘itishda qo‘l keldi. Shu bois u tulkining o‘ljasiga aylanishdan omon qoladi. Bu haqda batafsil «Tulki bilan yovvoyi xo‘roz» vetnam xalq ertagini tinglab, bilib olasiz.

Yaxshilik bilan yomonlik

O’tgan zamonlarda Yaxshilik bilan Yomonlik degan odamlar yashagan ekan. Ular o’rtaga non qo’yib, bir-birlari bilan do’st bo’lishibdi. Kunlardan bir kun ikkovi safar jabduqlarini rostlab yo’lga tushibdi, dunyoni ko’rib, aqllarini peshlab olmoqchi bo’lishibdi. Yo’l yurib, yo’l yursalar ham mo’l yurib, bir manzilga qo’nishibdi, qorinlari ochib, ovqat yemakka o’tirishibdi.

Yalqov mushuk (venger xalq ertagi)

Bu venger xalq ertagining nomi «Yalqov mushuk» bo‘lsada, ammo unda yalqov butunlay boshqa birov. Yalqovlik baxtsizlik olib kelishini yaxshi bilasiz. Agar mushukning yalqovlikdan kim sababli qutulganini bilishni istasangiz, albatta ertakni tinglang!

Yaxshilik bilan yomonlik

O’tgan zamonlarda Yaxshilik bilan Yomonlik degan odamlar yashagan ekan. Ular o’rtaga non qo’yib, bir-birlari bilan do’st bo’lishibdi. Kunlardan bir kun ikkovi safar jabduqlarini rostlab yo’lga tushibdi, dunyoni ko’rib, aqllarini peshlab olmoqchi bo’lishibdi. Yo’l yurib, yo’l yursalar ham mo’l yurib, bir manzilga qo’nishibdi, qorinlari ochib, ovqat yemakka o’tirishibdi.

Yaxshilik qilsang, yaxshilik ko‘rasan (serb xalq ertagi) 2-qism

Yaxshilik qilganga albatta bu yaxshiligi ikki hissa bo‘lib qaytadi. Ushbu ertakda bir ko‘ngilchan yigitning boshidan kechirganlari hikoya qilinadi. U boylikni emas, insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni tanlaydi.

Yetim Abilay (qirg‘iz xalq ertagi) 1- qism

Abilay ismli bolakay yoshligidan oldiga aniq maqsad qo‘yib, qiyinchiliklardan qo‘rqmay, barini yengib o‘tadi. U uddaburonligi, topqirligi, mard va jasurligi bois pari hamda dev bilan do‘stlashib, ajdarni yengdi.

Yetim Abilay (qirg‘iz xalq ertagi) 2- qism

Abilay ismli bolakay yoshligidan oldiga aniq maqsad qo‘yib, qiyinchiliklardan qo‘rqmay, barini yengib o‘tadi. U uddaburonligi, topqirligi, mard va jasurligi bois pari hamda dev bilan do‘stlashib, ajdarni yengdi.

Zukko bola (qozoq xalq ertagi)

Murakkab va chigal ishlarni faqatgina yoshi ulug‘ insonlar yecha oladi, deb o‘ylamang. «Aql yoshda emas, boshda» — deydi dono xalqimiz. «Zukko bola» ertagida o‘zingizga o‘xshagan bolakayning donoligi bilan podshohga yordam bergani va bir begunoh kimsani kulfatdan qutqari

Aql bilan yashash kerak (qoraqalpoq xalq ertagi)

Azal-azaldan ayollarning donoligi va topqirligi qadrlanib kelingan.Qiyin vaziyatlarga tushib qolgan ko‘pgina ertak qahramonlariga faqatgina teran aql va zehn ko‘mak bergan. Ushbu audioertakni tinglasangiz ajoyib taassurotlarga ega bo‘lasiz.

Bo‘rsiq bilan sassiqpopishak (qirg‘iz xalq ertagi)

Sassiqpopishak vaqt o‘tib do‘stlik nimaligini unutib qo‘yadi. U ortiqcha dabdabaga berilib, do‘stining ko‘nglini og‘ritib qo‘yadi. Natijada esa xatosi uchun badal to‘laydi. Bu voqeani bilmoqchi bo‘lsangiz, «Bo‘rsiq bilan sassiqpopishak» nomli qirg‘iz xalq ertagini tinglang

Dono qiz

Podshox o‘z xalqiga «Dunyoda eng shirin va eng achchiq narsa» nimaligini aniqlanglar deb farmon beribdi. Qishloq chekkasidagi bir dono qiz buning javobini podshohga aytibdi.

Доно йигит

«Доно йигит» эртагида дўстлик, дўст бўлиш шарти ҳақида сўз боради. Эртак қаҳрамонлари ота истагини амалга ошириш учун йўлга чиқишади ва дўстликнинг қадрини англашади. Аудиоэртагимизни тинглаб, чин дўст бўлишга ҳаракат қилишингиз аниқ.

Erkajon

«Erkajon» ertagida samimiy va kamtar inson albatta nazardan chetda qolmasligi haqida so‘z boradi. Shoh o‘g‘lining sarguzashtlari siz uchun qiziq bo‘lsa albatta bu ertakni tinglab ko‘ring.

Finist - sarlochin (10+) (rus xalq ertagi)

Orzular sari intilish, albatta, baxtga yetaklaydi. Bizni olg‘a undovchi ham, hayotda ko‘p yutuqlarga erishishimizga zamin bo‘luvchi ham orzularimizdir! Go‘zal qiz Mashenka o‘z muhabbati ortidan borib, yo‘lida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tadi.

Go'zal Vasilisa (10+)

Ertak qahramonining chekiga qancha qiyinchiliklar tushsada, u barini matonat bilan yengib o’tadi. Mehribon hamda latofatli qizning mehnatkashligi va mardligi haqida ajoyib ertakni tinglamoqchi bo’lsangiz, rus xalq ertagi «Go’zal Vasilisa»ning audiotalqinini tinglab ko’ring.

Hakim baliqchining o‘g‘li (1-qism)

Birgina oltin baliq bolaning hayotini o‘zgartirib yuboradi. Baliqchi bola podshohning ochko‘zligi sabab ko‘p azob chekkan bo‘lsada, ammo kimligini unutmaydi. Bu haqda batafsil «Hakim baliqchining o‘g‘li» ertagini tinglagach, bilib olasiz.

Hakim baliqchining o‘g‘li (2-qism)

Birgina oltin baliq bolaning hayotini o‘zgartirib yuboradi. Baliqchi bola podshohning ochko‘zligi sabab ko‘p azob chekkan bo‘lsada, ammo kimligini unutmaydi. Bu haqda batafsil «Hakim baliqchining o‘g‘li» ertagini tinglagach, bilib olasiz.

Handalak polvon

Do‘stlarning ko‘p bo‘lgani yaxshi. Ular sabab galdagi ertak qahramoni maqsadiga erishadi. Bu qanday ro‘y berganini «Handalak polvon» ertagini tinglab, bilib olasiz.

Jonoy elchi (qoraqalpoq xalq ertagi)

Qadim o‘tgan zamonda ikki xon yashab, biri Xorazmni, ikkinchisi Buxoroni boshqargan ekan. Kunlarning birida ulardan biri qiyin vaziyatga tushibdi. Qayerga borib, kimdan yordam so‘rash kerak? Mana shunday vaqtda, ularning joniga oddiy cho‘pon oro kiribdi.

Joodarbeshim (12+) (qirg‘iz xalq ertagi)

Otasining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun yo‘lga tushgan o‘g‘il ko‘p qiziqarli voqealarga duch keladi. Aqlli otining maslahati bilan qiyinchiliklarni yengib, mardligini namoyon qiladi. Xullas, «Joodarbeshim» ertagini tinglasangiz, qiziqarli voqealarni bilib olasiz.

Qorqiz (rus xalq eragi)

Agar o‘z qo‘ling bilan yasasang, ba’zan hatto eng ardoqli orzular ham ro‘yobga chiqadi. «Qorqiz» rus xalq ertagida dunyoda sodir bo‘ladigan mo‘’jizalar haqida bilib olasiz.

Jo‘xorivoyning sarguzashtlari (tojik xalq ertagi)

Qadim o‘tgan zamonda, uzoq bir mamlakatda Jo‘xorivoy yashagan ekan. Kunlarning birida u dunyo kezishga qaror qilibdi. Yo‘l davomida esa u yaxshi do‘stlar orttiribdi. Keyin nima bo‘lganiga qiziqsangiz, albatta «Jo‘xorivoyning sarguzashtlari» ertagini tinglang…

Maqtanchoq quyon (rus xalq ertagi)

Ba’zida o‘zimizda bori bilan maqtanishga harakat qilamiz. Ammo bu ish chetdan qaraganda juda xunuk ko‘rinadi. Bizni o‘zimiz emas, o‘zgalar maqtasin. Buni ertagimizninig qahramoni — quyon ham tushunib yetdi. Tushundiyu, qahramonga aylandi.

Qiron aka

Begona odamninig iltimosini qaytarmay, unga yordam bergan polvon bu ishni xolis xizmat uchun amalga oshiradi. Bu haqda batafsil «Qiron aka» ertagidan bilib olishingiz mumkin.

Qodirning baxti (qozoq xalq ertagi)

Kunlarning birida hasadgo‘y bir yigit mudroq baxtini izlab yo‘lga tushadi. Yo‘l bo‘yi odamlarning dardini tinglab, baxtidan buning yechimini so‘rab biladi. Safar so‘ngida u haqiqiy baxt nimada ekanligini tushunib yetadi.

Qorqiz (rus xalq eragi)

Agar o‘z qo‘ling bilan yasasang, ba’zan hatto eng ardoqli orzular ham ro‘yobga chiqadi. «Qorqiz» rus xalq ertagida dunyoda sodir bo‘ladigan mo‘’jizalar haqida bilib olasiz.